Istanbulning Bayramposhsho tumani hududidagi portlash terakt sifatida tan olindi. Bu haqda Istanbul xavfsizlik boshqarmasi vakili ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Vedomosti”.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qo‘lbola bomba metroga o‘tish joyida qoldirilgan avtomobilga joylashtirilgan. Portlash oqibatida bir kishi halok bo‘lgani haqidagi ma’lumot tasdiqlanmadi. Hozircha faqat bir nafar Turkiya fuqarosi yaralangani ma’lum.
Izoh (0)