Chilida kitlarning bir vaqtning o‘zida eng ko‘p ommaviy halok bo‘lish holati qayd etildi. Mahalliy olimlarning ma’lum qilishicha, ushbu Janubiy Amerika mamlakati qirg‘oqlariga 337 ta dengiz sutemizuvchisi chiqib qolgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
National Geographic ma’lumotiga ko‘ra, shuncha miqdordagi kitlarning sohillarga chiqib qolishi sababi hozircha noma’lum. Ushbu holat Patagoniya qirg‘oqlarining olis hududidan uchib o‘tishda aniqlandi, shuning uchun ularning o‘limi haqida uzoq vaqt davomida ma’lumot bo‘lmagan.
Chili hukumati sutemizuvchilarning ommaviy halokati yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi.
Izoh (0)