Rossiyaning Voronej viloyati, Kashirskiy tumanida avtobus bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, buning oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, 14 kishi jarblangan, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Mahalliy ichki ishlar boshqarmasining ma’lum qilishicha, Rostovga yo‘l olgan Yutong avtobusi haydovchisi muz aralash yomg‘ir tufayli boshqaruvni uddalay olmagan va avtobus yo‘l chetiga chiqib ketib, ag‘darilgan.
Ayni paytda hodisa joyida tezkor tergov guruhi ishlamoqda.
Izoh (0)