Respublikaliklar partiyasidan AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yganlardan biri, sobiq neyroxirurg Ben Karson 28-noyabr, shanba kuni Iordaniyaning Azrak shahrida joylashgan suriyalik qochoqlarning lageriga tashrif buyurdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Karsonning prezidentlik kampaniyasi vakillarining ta’kidlashicha, uning tashrifidan maqsad Yaqin Sharq mamlakatlarining tashqi siyosati va qochoqlar bilan bog‘liq muammoni yaxshiroq anglash uchun hududda yashovchi odamlar bilan uchrashib, ularni eshitish bo‘lgan.
Izoh (0)