Milliarder Donald Trampni respublikachilar orasida qo‘llab-quvvatlash bir haftada 12 foizga pasaydi. Hozir u uchun 31 foiz saylovchilar ovoz berishga tayyor, deb xabar beradi “Kommersant.ru” Reuters ma’lumotiga tayanib.
Bu iyuldan buyon Tramp reytingidagi eng keskin pasayishdir. Bor-yo‘g‘i besh kun ichida uning reytingi 43 foizdan 31 foizgacha tushib ketdi (reytingning yuqori darajasi 22-noyabrda qayd etilgan edi).
Reytingning bunday pastlashini agentlik Donald Trampning Parijdagi hujumdan keyingi izohi bilan bog‘lamoqda. U AQShdagi musulmonlar haqida ma’lumotlar bazasini yaratish to‘g‘risida fikr bildirgan edi.
Qora tanli neyroxirurg Ben Karsonning reytingi ham 15 foizga pasayganligi qayd etilmoqda.
Izoh (0)