Reding Universiteti arxeologlari jamoasi afsonlarga ko‘ra Glastonberi Abbatligida dafn etilgan qirol Artur va uning rafiqasi Gvinevraning qabridan topilgan topilmalarni o‘rgandi. Olimlarning fikricha, qabrlar va undan topilgan topilmalar soxta bo‘lib, ular shunchaki ibodatchilar oqimini abbatlikka yo‘naltirish uchun o‘ylab topilgan safsatadir. Bu haqda N+1 saytida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Mualliflar 1904-1979-yillar oralig‘ida qazib olingan topilmalarda yana bir bor kimyoviy va radiouglerodli tahlillar o‘tkazdi. Artur va Gvinevraning “qabr”idan topilgan materiallar XI-XV asr vaqti bilan sanalangan bo‘lib, ular yashagan vaqtdan besh asr kech qo‘yilgan edi. Olimlar o‘sha davr arxeologlarining yana bir xatosini ko‘rsatib berdi. Mualliflarning fikricha, birinchi xulosalar noto‘g‘ri qo‘yilgan tashxislar natijasi bo‘lgan. Shuningdek, topilmalarga xulosa yasashda o‘rta asr an’analariga haddan tashqari ishonish ham asos bo‘lib xizmat qilgan.
Bundan tashqari, arxeologlar Iosif Arimafeyskiy tomonidan asos solingan cherkov tarixini ham o‘rgandi. 1184-yilgi yong‘indan so‘ng, abbatlik monaxlari ibodatchilar oqimini abbatlikka yo‘naltirish uchun bir qancha usullar qo‘llab ko‘rgan. Ular qirol Artur safsatasidan tashqari cherkov qurilishi bilan bog‘liq uydirmalarni ham to‘qib chiqargan.
Izoh (0)