Qrim bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Mixail Sheremet Kuban—Kerch energiya ko‘prigi orqali yarim orolga elektr toki yetkazib berilishi boshlangani haqidagi so‘zlariga aniqlik kiritdi, deb yozadi “RBK”. Uning aytishicha, hozircha ular “o‘z istaklarini haqiqat qilib ko‘rsatmoqda”.
Sheremet aniqlik kiritishicha, 22 MVt yarim orolga ikkinchi energiya blokini ishga tushirgan Qrim issiqlik elektr markazidan kelib tushgan. U energiya ko‘prigi qurilishi bo‘yicha ishlar yakuniy bosqichda turganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qrim bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Mixail Sheremet Qrim Krasnodar o‘lkasidan energiya ko‘prigi orqali elektr toki qabul qilishni boshlaganini ma’lum qilgan edi.
“Kuban—Kerch energiya ko‘prigi orqali ilk 22 MVt kelib tushdi. Kechasi o‘tkazilgan sinovlar muvaffaqiyatli kechdi. Birinchi megavattlar Kerchga yetkazildi”, — degan edi u.
Keyinroq bu ma’lumot energetika vazirligi, “Qrimenergo” va Qrim rahbari Sergey Aksenov matbuot xizmatlari tomonidan rad etildi.
Izoh (0)