Boliviyada odam savdosida ayblanib, ikki ayol hibsga olindi. Ular bir yarim oylik qizchani 250 dollarga sotganlikda gumon qilinmoqda, deb xabar beradi Associated Press.
Jinoyatni sodir etishda jinoyatchi Facebook ijtimoiy tarmog‘idan foydalandi. Unga chaqaloq sotilayotganligi haqidagi e’lon joylashtirildi. Ta’kidlanishicha, fohishalik bilan shug‘ullanuvchi, yangi tug‘ilgan chaqaloqning 32 yoshli onasi bolaning otasi kimligini bilmagan va pul ishlashni istagan.
18 yoshli qiz chaqaloqqa xaridor bo‘lgan. U chaqaloqni o‘zlarining farzandi sifatida ko‘rsatib, sobiq yigitini qaytarmoqchi bo‘lgan. Erkak esa bo‘lib o‘tgan voqeani politsiyaga so‘zlab bergan.
Izoh (0)