Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Xitoyning Chjeszyan provinsiyasi Xendyan shahrida 24 yoshli qiz o‘n yil deganda uyiga qaytib keldi, deya xabar bermoqda “Vesti”. Ma’lum bo‘lishicha, ota-onasi o‘lgan deb hisoblab kelgan qiz shuncha vaqt davomida turli internet-kafelarda yashagan. Qiz unga achinib berilgan pullar hisobiga qornini to‘yg‘azgan.

Foto: “Vesti”

Foto: “Vesti”

Ismi oshkor etilmayotgan qiz 14 yoshida onasi bilan janjallashib qolgach, uydan ketgan va o‘n yil qorasini ko‘rsatmagan. Qidiruv ishlari natija bermagach, ota-onasi uni topishdan umidini uzgan.

Qochoq qiz shuncha vaqt qalbaki hujjat bilan yashagan. U qo‘shni Xanchjou shahriga o‘tib, bir internet-kafedan boshqasiga ko‘chib yurgan. O‘n yilni u nuqul onlayn o‘yinlar o‘ynash bilan o‘tkazgan.

Qizni tasodifan ko‘rib qolgan tartib posbonlari unga jarima yozib bergan va ota-onasiga qo‘ng‘iroq qilgan. Qizini olib ketish uchun yetib kelgan ona u bilan boshqa hech qachon urishmaslikka va’da berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda