Ukrainaning Lvov viloyatida piyoda askarlar va zobitlarning AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada va Litva instruktorlari ishtirokidagi mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Liga.Novosti”.
“23-noyabr, dushanba kuni piyoda qo‘shinlar milliy akademiyasining Lvov viloyatidagi tinchlikparvarlik va xavfsizlik xalqaro markazida Qurolli kuchlar bo‘linmalarining ko‘p millatli mashg‘ulotlari boshlandi. Ular davomida harbiylarni dunyoning yetakchi davlatlari armiyalari standarti asosida o‘qitish mo‘ljallangan”, — deya ta’kidlanadi matbuot xizmati xabarida.
Tayyorgarlik kurslari 2017-yilgacha davom etishi ko‘zda tutilgan.
Izoh (0)