AQSh fuqarosi 2001-yil 11-sentabr kuni Nyu-Yorkdagi terakt va 2015-yil 13-noyabr kuni Parijning “Bataklan” teatriga qilingan hujumda tirik qolishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
36 yoshli amerikalik Metyu “Bataklan”ga hujum chog‘ida oyog‘idan yaralandi. Shundan so‘ng u o‘zini o‘lgandek qilib ko‘rsatdi. Jangarilar qurolini qayta o‘qlayotganda, chiqish yo‘liga qarab sudralib yura boshladi. Ko‘chada uni Monde gazetasining jurnalisti uchratdi. Uni xavfsiz joyga olib o‘tishga uringan jurnalist ham yaralandi.
Bu amerikalikning hayotidagi birinchi terakt emas. 11-sentabrda Nyu-York savdo markazi minoralaridan biriga samolyot urilganda, u shu atrofdagi ko‘chada bo‘lgan.
“O‘shanda men Manxettenning yarmini yugurib o‘tgandim. Biroq “Bataklan”da boshdan kechirganim undan ming marta yomonroqdir”, — dedi Metyu.
Izoh (0)