Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha Gran-prining ikkinchi kunida O‘zbekiston jamoasining medallar jamg‘armasi yana bir bronza medali bilan to‘ldi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.
73 kilogramm vazn toifasida bo‘lib o‘tgan bahsda o‘zbekistonlik Mirali Sharipov va Chol Gvan Kim (KXDR) vakili uchinchi o‘rin sohibi bo‘ldi. Yaponiyalik Soichi Xasimoto birinchi o‘rin, ozarboyjonlik Rustam Orudjov ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Bungacha bronza medali va Olimpiada yo‘llanmasi uchun zarur bo‘lgan 120 reyting ochkoni 60 kilogramm vazn toifasida o‘zbekistonlik sportchi Sharofiddin Lutfullayev qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)