Britaniyalik olimlar Norvegiyaning Shpitsbergen arxipelagida tropik o‘rmon qoldiqlarini topdi. Uning yoshi 380 million yilni tashkil etadi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Tosh qotgan o‘simliklar kechki devonian davrida Shpitsbergen o‘rmoni daraxtlarining asosiy qismini ekvator yaqinida o‘sgan lycopod daraxtlari tashkil etganligidan dalolat beradi.
O‘sha davrga xos jihatlardan biri past bo‘yli o‘simliklardan daraxtlarga o‘tilganligi bo‘ldi.
Shpitsbergen o‘rmoni qoldiqlarining kashf etilishi Yerdagi iqlimning keskin o‘zgarishi sababini tushunishga yordam berishi mumkin.
Izoh (0)