Maslahatchilar hay’ati Apple korporatsiyasini ContentGuard kompaniyasiga (AQSh) tegishli bo‘lgan qaroqchilikka qarshi dasturiy ta’minot bo‘yicha patentlar buzilishida aybdor emas, deb topdi. Bu haqda 20-noyabr, juma kuni Texas shtatida bo‘lib o‘tgan sud majlisi yakunlariga ko‘ra ma’lum qilindi, deya xabar beradi “TASS”.
ContentGuard mediafayllar himoyasi uchun ishlatiladigan dasturiy ta’minot bo‘yicha qator patentlarni buzishda ayblab, 2013-yilda Apple'ga qarshi da’vo qo‘zg‘agandi. Kompaniya iTunes va iBooks o‘rnatilgan Apple smartfon hamda planshetlarida dasturiy ta’minotidan ruxsatsiz foydalanilganini ta’kidlagan. Oradan bir yil o‘tgach, shu mazmundagi da’vo Janubiy Koreyaning Samsung korporatsiyasiga nisbatan ham qo‘zg‘atilgan.
Ishni ko‘rib chiqqan maslahatchilar hay’ati Apple tarafini oldi. Da’voda ishlab chiqaruvchi tomonidan qancha mablag‘ talab qilingani hozircha noma’lum. ContentGuard advokatlari kompaniya sud majlisi yakunidan hafsalasi pir bo‘lganini bildirdi.
Izoh (0)