Nigeriyaning Oye-Ekiti shahri Federal universitetining matematigi Opiyemi Enox Riman gipotezasining yechimini topganligini ma’lum qildi. Bu haqda The Telegraph xabar beradi.
Ushbu masala Kley instituti tomonidan tuzib chiqilgan “mingyillik muammolari” ro‘yxatidagi yetti masaladan biri hisoblanadi. Olimlar uni 156 yil davomida yechishga urinib kelmoqda.
Gipoteza 1859-yilda nemis matematigi Bernxard Riman tomonidan ta’riflangan.
Oye-Ekiti shahri Federal universiteti matbuot xizmati Riman gipotezasining Enox tomonidan isbotlanganligini tasdiqladi. Biroq Kley matematik instituti gipotezaning isbotlanganligi tasdiqlanishi uchun u nufuzli xalqaro jurnalda chop etilib, ilmiy hamjamiyat tomonidan ma’qullanishi lozim, deb hisoblamoqda.
Izoh (0)