AQShning Massachusets texnologiyalar instituti hududida olib borilgan ishlar davomida 1957-yilning 5-iyunida xabar joylangan kapsula topildi, deb xabar beradi Meduza.
Kapsulada uni ming yildan so‘ng, ya’ni 2957-yilning 5-iyunida ochish lozimligi ko‘rsatilgan. Noma keyingi avlod uchun saqlanib turishi uchun u argon bilan to‘ldirilgan maxsus silindrga joylashtirilgan.
Ushbu noma Massachusets texnologiyalar instituti prezidenti Jeyms Killian va elektromexanika sohasidagi professor Garold Ejerton tomonidan ko‘mib qo‘yilgan. Kapsulaga solingan xatda unda institutdagi ilm-fan va tadqiqotlar holati haqidagi hujjatlar mavjudligi ma’lum qilingan.
Bulardan tashqari, unda ilmiy jurnal, sun’iy penitsillin, bir nechta tanga va kriotron – maktubda ta’kidlanishicha, radiolampalar va o‘tkazgichlarning o‘rnini butunlay egallovchi kashfiyot bo‘lgan.
Izoh (0)