Caribbean Broadcasting Network korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi yangi CubaNetwork telekanali 2016-yilning aprelidan AQShda o‘z ko‘rsatuvlarini kabel va sun’iy yo‘ldosh telekanallarida translyatsiya qila boshlaydi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Barak Obama hukumati tomonidan yanvarda ma’qullangan va sentabrda kengaytirilgan yangi qonun qoidalari Amerika kompaniyalariga telekommunikatsiya sohasida Kuba tashkilotlari, hattoki Kuba radio va televideniye instituti kabi davlat tashkilotlari bilan birga ishlash imkonini beradi. Kubaning qaysi tashkiloti bilan shartnoma imzolanganligi ma’lum qilinmadi.
Kuba televideniye mahsulotlarini tarqatishdan keladigan daromadni hukumat bilan bo‘lishish ko‘zda tutilgan.
CubaNetwork AQShda Kuba televideniyesiga talab bo‘lishiga umid qilmoqda.
Izoh (0)