Charlie Hebdo satirik jurnali muharririning maqolasi Parijda yuz bergan teraktlar mavzusidagi karikatura bilan chop etildi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Maqola nashrning saytida chop etilgan va Yangi aksilkapitalistik partiya chap radikallari vakilining sodir bo‘lgan teraktlar haqidagi mulohazalariga bag‘ishlangan.
Suratda arvohlar telpakchalar va bagetlar bilan tasvirlangan. Uning ostiga “Fransuzlar normal hayotga qaytmoqda” degan so‘zlar yozilgan.
Avvalroq Charlie Hebdo xodimlari terakt qurbonlari oilalariga hamdardlik bildirgan edi.
Izoh (0)