“Vodiygazta’minot” unitar korxonasining Buvayda filialiga 2009—2014-yillarda rahbarlik qilgan shaxs faqat qog‘ozda bor xodimlarning oyligini o‘zlashtirish bilan shug‘ullanib kelgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Farg‘ona haqiqati” gazetasi xabar bermoqda.
Buvaydadagi gaz ta’minoti korxonasi rahbari mansab mavqeini suiiste’mol qilib, jiyanini filialga qorovullikka, tuman hokimligida kotiba bo‘lib ishlovchi ayolni esa nazoratchi lavozimiga ishga olib, 2013-yil oktabr—noyabr oylaridan 2014-yil iyuniga qadar ularga umumiy hisobda 12,3 million so‘mdan ortiq ish haqi hisoblab, pulni o‘zlashtirgan.
“Sudlanuvchi aybiga to‘liq iqror bo‘ldi. Sud unga 2 yil muddatga moddiy javobgarlik va mansabdor vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilib, ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda, 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinladi”, — deyiladi gazeta xabarida.
Izoh (0)