“Rosaviatsiya” Misrning Egypt Air aviakompaniyasining Rossiyaga bo‘ladigan parvozlarini amalga oshirishni taqiqladi. Ushbu qaror 14-noyabrdan kuchga kiradi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Aeroport ‘Rosaviatsiya’dan Misrning Egypt Air aviakompaniyasi 2015-yilning 14-noyabridan boshlab Rossiya Federatsiyasi hududiga parvozlarni amalga oshirishi taqiqlanishi to‘g‘risida telegramma oldi”, — deb xabar qilinadi Domodedovo ma’lumotida.
Taqiqdan kelib chiqib, Egypt Air Moskvaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchuvchi samolyotlarga chiptalar bron qilmayapti.
“Rosaviatsiya” taqiqning rasmiy sabablarini taqdim etmagan.
Izoh (0)