Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat bo‘ylab safari chog‘ida shaxsiy ko‘chma hojatxonasini olib yuradi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”. U harbiy bazalar yoki davlat zavodlariga tashrif chog‘ida doimo soqchilik mashinasiga ortilgan bo‘ladi.
KXDR yetakchisiga hamrohlik qiluvchilarga yaqin bo‘lgan manba so‘zlariga ko‘ra, soqchilik mashinalari odatda bir nechta bo‘ladi, shu sababli hojatxona ularning aynan qaysi birida ekanligini aytib bo‘lmaydi.
Kim Chen Inga yaqin yana bir anonim manba ushbu ma’lumotni taqsdiqladi. “Yetakchi sayohatlari chog‘ida jamoatchilik hojatxonasidan foydalanishi Shimoliy Koreya jamiyatida aqlga sig‘dirib bo‘lmaydigan holat”, — dedi u.
Ta’kidlanishicha, KXDR rahbarining shaxsiy hojatxonasidan foydalanishga uringan har qanday kishi jiddiy jazoga tortiladi.
Izoh (0)