Sinay yarimoroli shimolidagi terakt oqibatida to‘qqiz nafar misrlik halok bo‘ldi, deb xabar beradi “TASS”.
Hodisa Shimoliy Sinay viloyatining ma’muriy markazi El-Arish shahrida kechasi yuz berdi.
Ma’lum qilinishicha, jangarilar guruhi turar-joyga qarata o‘t ochgan, keyin uy yaqinidagi minalashtirilgan avtomobilni portlatib yuborgan.
Halok bo‘lganlarning aksariyati bir oilaning a’zolari bo‘lib, ulardan ikki nafari uch yoshlar atrofidagi bolalar bo‘lgan.
Izoh (0)