Turkiya bosh vaziri Ahmet Davuto‘g‘li Rossiya A321 samolyotining Misrdagi halokatini insoniyatga qarshi jinoyat deb atadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
“Albatta bu insoniyatga qarshi jinoyatdir. Bu Rossiya samolyotiga qarshi hujum emas, barchamizga qarshi qaratilgan hujumdir”, — dedi Davuto‘g‘li.
Bosh vazir, muammo alohida olingan mamlakatda hal etilmasa, uni boshqa davlatlarda ham to‘xtatib qolish qiyin ekanligini, shuning uchun hamjihatlikda harakat qilish zarurligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev A321 samolyotining Sinay yarimorolida qulashiga sabab sifatida terakt ham ko‘rib chiqilayotganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)