AQShning Janubiy Karolina shtati Spartanberg shahrida 9-noyabr, dushanba kuni politsiyachi Metodika kolleji hududiga avtomobilda bostirib kirib, uni bosib ketishiga ozgina qolgan ikki erkakka qarata o‘t ochdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, qoidabuzarlardan biri otib o‘ldirilgan, ikkinchisi hibsga olingan.
Huquq-tartibot qo‘riqchisiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi, uning hayoti xavf ostida emas. Kollej talabalaridan hech kim jabrlanmadi. O‘quv muassasasi ma’muriyati ularga pana joyga yashirinib, u yerni tark etmaslikni tayinladi.
Izoh (0)