Qashqadaryo viloyatida 2015-yilning o‘tgan davrida tadbirkorlar faoliyatiga asossiz aralashgan mansabdorlarga nisbatan 14 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda “Huquq” gazetasining 5-noyabr sonida xabar berilgan.
Jinoyat ishi qo‘zg‘atilishiga sabab bo‘lgan shaxslar orasida mahalliy hokimliklar, davlat boshqaruv organlari mansabdorlari bor.
“Huquq”ning yozishicha, ular tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga asossiz aralashgan, ularning faoliyatiga byurokratik to‘siq qo‘yish va vakolatlarini suiiste’mol qilish holatlariga yo‘l qo‘ygan.
Bundan tashqari, iqtisodiyot, soliq va valyutaga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan tadbirlar natijasida qonunbuzilishiga doir 241 ta holat aniqlanib, jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi va ma’muriy ishlar yuritildi.
Izoh (0)