Pokiston bosh vaziri Navoz Sharifning O‘zbekistonga tashrifi 17-noyabr kuni boshlanadi. Bu haqda Dispatch News Desk nashri Pokiston Tashqi ishlar vazirligidagi manbaga tayanib ma’lum qildi, deb xabar beradi UzDaily.
Navoz Sharif tashrif davomida oliy darajadagi muzokaralar olib borishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Pokiston bosh vaziri Oliy Majlis a’zolari bilan uchrashadi. Uning tashrifi ikki kun davom etadi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning istiqbollari va xalqaro masalalar, jumladan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qiladi.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston va Pokiston ikki tomonlama savdo-sotiq, turizm, sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq qator hujjatlarni imzolashi mo‘ljallangan.
Izoh (0)