Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi London Rossiyaning halokatga uchragan A321 samolyoti bortida terakt yuz berganligi ehtimoli yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Odatda biz razvedka bilan bog‘liq masalalarga izoh bermaymiz. Shunga qaramasdan, biz mavjud ma’lumotlar asosida qaror qabul qildik. Avvalroq bosh vazir va TIV rahbari tomonidan ma’lum qilinganidek, Rossiya samolyoti portlovchi qurilma tufayli halokatga uchraganligining ehtimoli yuqori. Biz xulosalarimizni hamkorlarimiz, jumladan, Rossiyaga taqdim etdik”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Eslatib o‘tamiz, Misrda halokatga uchragan Rossiya samolyoti parvozining so‘nggi soniyalaridagi “qora quti”da yozilgan ovoz 90 foiz bomba ovoziga o‘xshash ekanligi haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)