Siyosatchi Boris Nemsovning o‘ldirilishi haqidagi jinoiy ish figuranti Ruslan Muhiddinov jinoyatni tashkillashtirishda sirtdan ayblandi, deya xabar bermoqda Meduza.
“Nihoyat qaror qabul qilinganidan xursandmiz va eng yaqin vaqt ichida shunday ayblov uning bolalikdagi do‘sti Ruslan Geremeyevga nisbatan ham e’lon qilinishidan umidvormiz”, — dedi Janna Nemsovaning advokati Vadim Proxorov.
Boris Nemsov 2015-yil 27-fevral kuni Moskva markazida otib ketilgan edi. Uning o‘ldirilishi bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida besh kishi hibsga olingan bo‘lib, Chechenistonning “Sever” batalyoni qo‘mondoni sobiq o‘rinbosari Zaur Dadayev bosh ayblanuvchi hisoblanadi.
Izoh (0)