Rossiyaning halokatga uchragan A321 samolyotining parchalari tahlillarni davom ettirish uchun Qohiraga yuboriladi. Bu haqda “RBK” halokat yuzasidan surishtiruv olib borayotgan tergov komissiyasi rahbari Ayman al-Muqaddamning ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
Uning ta’kidlashicha, samolyot qismlari “xavfsiz joyga” ko‘chiriladi.
Komissiya rahbarining ta’kidlashicha, A321 samolyoti bo‘laklarining tahlili uning havoda parchalanib ketganligidan guvohlik beradi. Sinay yarimorolidagi halokat sabablarini aniqlashga hali erishilmadi, mutaxassislar tekshirishni davom ettirmoqda. Komissiyaning 58 a’zosi, jumladan, rossiyalik mutaxassislar yaqin kunlarda halokat joyiga yetib keladi. Al-Muqaddamning ta’kidlashicha, avvalroq bu tashrif noqulay ob-havo tufayli amalga oshmagan.
Eslatib o‘tamiz, A321 layneri bort o‘ziyozarlarini rasshifrovka qilish bilan shug‘ullanayotgan tergovchilar yozuvlarda dvigatel buzilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan portlash qayd etilganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)