Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin va Tayvan prezidenti Ma Inszyu 7-noyabr kuni Singapurda 1949-yildagi Xitoy fuqarolar urushi yakunlanganidan beri ilk marta uchrashdi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Foto: EPA

Foto: EPA

Muzokaralarning asosiy yakunlaridan biri Si Szinpin tomonidan Tayvanga Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishida qatnashish haqida berilgan taklif bo‘ldi.

Bundan tashqari, Pekin vakili Xitoydagilar Tayvanning xalqaro masalalardagi ishtirokka munosabatini tushunishini ta’kidladi. “Agar bu yagona Xitoy tamoyiliga zid kelmasa, Tayvan xalqaro ishlarda qatnashishi mumkin”, — dedi u.

Xitoy Xalq Respublikasi rahbariyati, shuningdek, yana bir bora Tayvan mustaqilligiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini qayd etdi.

O‘z navbatida, Ma Inszyu Si Szinpin bilan Singapurda bo‘lib o‘tgan suhbatdan qoniqqanligini bildirdi. U Tayvan bo‘g‘ozida tinchlik va gullab-yashnashni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan, besh banddan iborat taklifni ilgari surdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Farg‘onada italiyalik ayol YTH oqibatida vafot etdi
Mahalliy
Jahon banki prognozi: O‘zbekiston keyingi ikki yilda Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yaxshi iqtisodiy o‘sishga ega bo‘ladi
Dunyo
Kiyev Xerson yo‘nalishida 60 nafar askar va harbiy texnikalarini yo‘qotdi — Rossiya Mudofaa vazirligi