Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi (DAQ) rul boshqaruv tizimidagi nosozlik xavfi munosabati bilan Boeing 737 samolyotlarining namunaviy sertifikatini chaqirib oldi. Bu haqda Meduza xabar beradi.
DAQ AQSh federal aviatsiya ma’muriyatiga Boeing 737 parvozlari xavfsizligi yuzasidan rasmiy so‘roq bilan murojaat qilgan. Qo‘mitaning ta’kidlashicha, olingan javobda Boeing 737 samolyotlaridan foydalanish xavfsiz ekanligini tasdiqlovchi xulosa berilmagan.
Rossiya aviatsiyasi Boeing 737 sertifikatining chaqirib olinishi munosabati bilan 6-noyabr kuni DAQ rahbarlari va ushbu turdagi samolyotlardan foydalanuvchi aviakompaniyalar vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)