Janubiy Afrika respublikasining G‘arbiy Kap viloyatida yuqori sinf o‘quvchisi 5-noyabr, payshanba kuni matematika bo‘yicha yakuniy imtihonga kech qolmaslik uchun maktab avtobusini olib qochdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
Mahalliy telekanalning ma’lum qilishicha, maktab avtobusining haydovchisi ishga chiqmagan. Shunda o‘quvchi Le-Aan Adonis avtobus kabinasidan uning kalitini topib, sinfdoshlarining iltimosi bilan rulga o‘tirdi. Ularda 30 kilometr masofada joylashgan maktabga yetib olishning boshqa chorasi yo‘q edi.
Yo‘l politsiyasi xodimi avtobusni maktabning kirish qismida to‘xtatdi. Adonis haydovchilik guvohnomasisiz avtobusni boshqargani uchun 361 dollar miqdoridagi jarimaga tortildi. Biroq o‘quvchilar imtihonga o‘z vaqtida ulgurdi.
Izoh (0)