Shimoliy Sinayning ma’muriy markazi – El-Arish shahridagi politsiya binosida minalashtirilgan avtomobil portlab ketdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Politsiyaning dastlabki ma’lumotlariga qaraganda, portlash natijasida olti kishi qurbon bo‘lgan, yana o‘n kishi jarohat olgan.
Hududda faoliyat yurituvchi hech bir guruh hozircha portlash uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi. Hodisa tafsilotlari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 31-oktabr, shanba kuni Rossiyaning Airbus-321 samolyoti El-Arish shahri yaqinida halokatga uchragan edi. Samolyot bortidagi barcha yo‘lovchi va ekipaj a’zolari halok bo‘lgan.
Izoh (0)