Rossiyaning A321 samolyoti halokatga uchragan hududda qidiruv operatsiyasi yakunlandi. Bu haqda “Gazeta.ru” Misrning “Al-Hayat” telekanaliga tayanib xabar beradi.
Ta’kidlanishicha, bu haqda Misr hukumatining rasmiy vakili Husam al-Kavish ma’lum qilgan.
“Sinay yarimoroli markazidagi qidiruv-qutqaruv ishlari o‘z yakuniga yetdi. Misr hukumati endi barcha umidini samolyot uskunalarining ko‘rsatmalari va ekipajning so‘zlashuvlari yozilgan ‘qora qutilar’ bilan bog‘lamoqda”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, A321 halokati qurbonlarining jasadini ko‘zdan kechirgan misrlik sud-tibbiy eksperti ularga yetgan jarohatlarning darajasi samolyot bortida portlash bo‘lganligidan dalolat berishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)