To‘rt nafar muhojir, jumladan ikki nafar bola noqonuniy tashuvchining qayig‘idan tushib ketib, Egey dengizida cho‘kib ketdi. Bu haqda “TASS” AFP agentligi ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Gretsiya politsiyasi vakillarining ma’lum qilishicha, bundan tashqari, to‘rt nafar muhojir, jumladan bir nafar bola suvdan chiqarib olingan.
Gretsiyaning Lesbos oroli qirg‘oqbo‘yida halokatga uchragan qayiqda jami 42 nafar muhojir bo‘lgan. Ulardan sakkiz nafari suvga qulab ketgan.
Hozirgi paytda yana to‘rt nafar muhojirni qidirish ishlari davom etmoqda.
Izoh (0)