AQSh Rossiya va Xitoyga, agar ular ochiq hamkorlikka tayyor bo‘lsa, Trans-Tinch okeani hamkorligiga qo‘shilishni taklif qildi. Bu haqda “RIA Novosti” AQSh davlat kotibi Jon Kerrining so‘zlariga tayanib xabar beradi.
“Biz kishilarga turli tashabbuslarga, masalan, Trans-Tinch okeani hamkorligiga qo‘shilishni taklif etamiz. Biz Xitoyga ham, Rossiyaga ham, qo‘shilishni xohlagan boshqa davlatlarga ham, agar ular yuqori standartlarga muvofiq yashashga, odamlarni himoya qilib, ochiq, shaffof va mas’uliyat bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lsa, shuni taklif qilamiz”, — dedi amerikalik diplomat.
Eslatib o‘tamiz, AQSh va yana 11 mamlakatning savdo vazirlari Trans-Tinch okeani hamkorligi haqidagi bitimni 5-oktabr kuni imzolagan edi.
Izoh (0)