BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Jenevadagi matbuot yig‘ilishidagi chiqishida Rossiya samolyotining Misrdagi halokati yuzasidan puxta surishtiruv o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
“Men buning uchun javobgarlikni IShID zimmasiga olganligi haqidagi ma’lumotni ko‘rdim. Buni kim sodir etganligidan qatiy nazar, bu butunlay nomaqbul jinoyatdir. Ushbu avialiniya va shuncha yo‘lovchiga nisbatan sodir etilgan ushbu shafqatsiz jinoyatni qat’iy qoralayman. Halokat puxta tekshirilishi lozim”, — dedi Pan Gi Mun.
U, shuningdek, Rossiya va halok bo‘lganlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Transport vazirligi Misrda halokatga uchragan Rossiya layneri terrorchilar tomonidan uchirilgan zenit raketasi orqali urib tushirilgani haqida OAVlarda paydo bo‘lgan xabarlarni rad etgan edi.
Izoh (0)