Amerikaning Arkanzas shtatida 29-oktabr, payshanba kuni yengil samolyotning halokatga uchrashi natijasida to‘rt kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “TASS” mahalliy hukumat ma’lumotiga asoslanib xabar beradi.
Rassellvill aholi punktidagi aeroportdan uchib chiqqan havo kemasi noma’lum sabablarga ko‘ra shtat g‘arbida joylashgan Pottsvill shahri yaqinidagi xususiy uyning hovlisiga qulab tushgan. Noksvill shahriga (Tennessi shtati) yo‘l olgan samolyotda to‘rt kishi bo‘lgan. Ularning barchasi halok bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, samolyot halokatga uchragandan so‘ng, yonib ketgan. Yerda jabrlanganlar haqida ma’lum qilinmadi.
AQSh federal aviatsiya boshqarmasi hodisa yuzasidan surishtiruv olib bormoqda.
Izoh (0)