O‘zbekiston shaxmati iftixori, 2004-yilgi jahon (FIDE) chempioni, Markaziy Osiyoning birinchi raqamli shaxmatchisi, xalqaro toifadagi grossmeyster Rustam Qosimjonov 28-oktabr, chorshanba kuni Toshkentda yosh shaxmatchilar bilan uchrashdi. Bu haqda “Olamsport” xabar beradi.
Toshkentda faoliyat yuritayotgan “Sehrli shaxmat” klubi tomonidan tashkil etilgan ushbu uchrashuvda yosh shaxmatchilar Rustam Qosimjonovga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi.
Uchrashuv so‘ngida esdalik uchun suratga ham tushildi. O‘z o‘rnida, 17-jahon chempioni yosh shaxmatchilarga master-klass, ya’ni mahorat saboqlarini ham namoyish etdi.
Izoh (0)