“Transaero” direktorlar kengashi “Aeroflot” davlat tashuvchisi vakili Dmitriy Saprikinni kompaniya bosh direktori lavozimidan olib tashladi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Transaero”ning yangi bosh direktori etib amaldagi uchuvchi, aviakompaniya parvoz direktori o‘rinbosari Valeriy Zaysev tayinlandi.
Endilikda “Transaero” aviakompaniyasining sobiq direktori Dmitriy Saprikin “Transaero”ning 75 foiz aksiyalarini “Aeroflot” tomonidan bir rublga sotib olish haqidagi muzokaralar davomida “Aeroflot” tomonidan tayinlangan edi. U “Transaero”ni bankrot deb topish haqida ariza bergan edi.
Izoh (0)