Bаg‘dodning shialar yashovchi hududida sodir bo‘lgan ikki portlashning oqibatida ikki kishi qurbon bo‘ldi, yana 12 kishi yaralandi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Portlashlar payg‘ambar Muhammadning (s.a.v.) shahid bo‘lgan nabirasi Husaynni xotirlash kunida yuz berdi.
Politsiya o‘zida portlatish moslamasini olib ketayotgan terrorchini to‘plangan olomon markaziga yetmasdan yo‘q qildi. Biroq o‘q uzilgani sababli portlash qurilmasi ishga tushdi, natijada to‘qqiz kishi yaralandi.
Al-Mahmudiya tumanida o‘rnatilgan qurilmaning portlashi oqibatida yana uch kishi yaralandi, ikki kishi halok bo‘ldi.
Hozirgi paytga qadar, sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan hech bir tashkilot javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Izoh (0)