Twitter asoschilaridan biri Jek Dorsi kompaniyaning o‘ziga tegishli aksiyalarining uchdan bir qismini xodimlarga tarqatishga qaror qildi, deb yozadi Meduza. Shu tariqa, xodimlar Twitter’ning barcha aksiyalarining bir foiziga ega bo‘ladi. Dorsi so‘zlariga ko‘ra, u “to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z odamlariga investitsiya kiritmoqchi”.
“Menga qolsa, kichik narsaning katta qismiga egalik qilgandan ko‘ra, kattaroq narsaning kichik qismiga egalik qilganim yaxshiroq. Biz Twitter’ni kattaroq qila olishimizga ishonaman!” — dedi Dorsi.
Bloomberg agentligi ma’lum qilishicha, Dorsi xodimlarga tarqatadigan aksiyalar paketi 200 million dollarga baholanmoqda.
Izoh (0)