Endi Facebook foydalanuvchilari real vaqt rejimida 2 trilliondan ziyod yangiliklar orasida qidiruvni amalga oshirishi mumkin, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Ayni paytda Facebook qidiruvi faqat do‘stlarning postlarini ko‘rish imkonini beradi, biroq endi amerikalik foydalanuvchilar uchun qidiruv imkoniyatlari kengaytirilishi natijasida ular 2 trilliondan ortiq ochiq postlarni ko‘ra oladi. Qidiruv natijalari shunday tartibda joylashadiki, birinchi navbatda ishonchli manbalar xabarlari, so‘ng obuna bo‘lingan kishilar postlari, undan keyingi o‘rinda esa iqtiboslar va nihoyat, qolgan boshqa yangiliklar aks etadi.
Qidiruvning kengaytirilishi va unga muvofiq, postlar auditoriyasining o‘sishi kontent yaratuvchilarining dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar haqida yangi postlar chiqarishiga turtki bo‘lishi kerak. Shuningdek, bu xuddi Google’dagidek, kalit so‘zlar bo‘yicha samarali reklama joylash imkonini beradi.
Izoh (0)