Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton 22-oktabr kuni AQSh Kongressining Amerika elchisi Kristofer Stivensning 2012-yil Liviyaning Bengazi shahridagi halokatini tekshirayotgan qo‘mitasi yig‘ilishida ushbu hodisa uchun u javobgar ekanligini aytdi, deb yozadi “Vedomosti”.

Foto: AP

Foto: AP

“Bengazida sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan javobgarlikni o‘z bo‘ynimga olaman”, — dedi u CNN telekanali orqali uzatilgan chiqishida.

Shu bilan birga, Klinton diplomatlar xavfsizligi masalasi davlat departamentining tegishli mutaxassislari ixtiyorida bo‘lganini ta’kidladi. “Men ularning hisobotlarini ko‘rmadim, ularni tasdiqlamadim ham, rad etmadim ham”, — dedi u.

Sobiq davlat kotibi qo‘shimcha qilishicha, Liviyadagi murakkab vaziyatni ko‘zda tutib, bunday hujumlarning barchasini ham oldindan qaytarish mumkin emas, diplomatlar ishi esa muayyan xavflarga ega.

2012-yil 11-sentabrda Bengazida Amerika elchixonasiga hujum uyushtirilgan, natijada to‘rt nafar AQSh fuqarosi, shu jumladan, elchi Stivens ham halok bo‘lgan edi. Terakt va u uchun javobgarlik Vashingtonda hamon muhim siyosiy masala bo‘lib qolmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Andijonda kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan rahbarlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
O‘tgan yili birja bozorlarimiz rekord darajada o‘sdi — Respublika valyuta birjasi
Iqtisodiyot
“Rossiyaga qarshi eng yaxshi strategik javob”: Ukraina farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi “Reka-Med”ni sotib oldi