2014—2015-yillar davomida Ukraina uy xo‘jaliklarining real daromadi 40 foizdan ko‘proqqa qisqargan. Bu barcha mamlakatlar ichida eng yomon ko‘rsatkichdir. Bu haqda “Korrespondent.net” Shveysariya Credit Suisse bankining Global Wealth Report hisobotiga tayanib xabar beradi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, uy xo‘jaliklarining kambag‘allashuvi sur’ati bo‘yicha Ukraina yaqinidan Rossiya, Braziliya va Kolumbiya joy oldi. Keyingi ikki mamlakat aholisining uy xo‘jaligi daromadi 25 foiz atrofida qisqargan.
O‘rganilgan vaqt oralig‘ida uy xo‘jaliklari daromadi Gonkong (sakkiz foiz) va Xitoyda (yetti foiz) eng ko‘p o‘sganligi qayd etildi. Ulardan biroz ortda qolsa-da, jadvalning yuqori qatorlaridan AQSh (olti foiz) va Saudiya Arabistoni (besh foiz) joy oldi.
Izoh (0)