Pokiston politsiyasi Afg‘oniston bilan chegaradosh shimoli-g‘arbiy Xayber-Paxtunxva viloyatidagi Svabi okrugida to‘rt nafar jangarini yo‘q qildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
O‘ldirilgan jangarilarning shaxsi aniqlandi – ular Abbos, Muhammad Zeb, Liakvat va Hazrat Bilol bo‘lib, Peshovar shahri va Svabi okrugidan bo‘lgan. Hozirgi paytda politsiya ularning qaysi terrorchilik guruhiga tegishli bo‘lganligini aniqlamoqda.
Huquqni muhofaza qilish organlari, shuningdek, terrorchilik faoliyatida gumon qilinayotgan 25 kishini qo‘lga oldi. Jami 30 kishidan iborat guruh fosh qilindi.
Izoh (0)