Ispaniyaga rasmiy tashrif bilan kelgan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri qirollikning tashqi ishlar va hamkorlik vaziri Xose Manuel Garsia-Margalodan sovg‘a sifatida gitara oldi. Bu haqda, “TASS” xabar bermoqda.
O‘z navbatida, AQSh tashqi siyosat bo‘limi rahbari o‘zining hamkasbiga, Kerrining aytishicha, Oq uyning 35-rahbari Jon Kennediga tegishli bo‘lgan stol soatini sovg‘a qildi.
AQSh Davlat kotibi Ispaniyaga 18-oktabr kuni Yevropa bo‘ylab o‘tkazayotgan doiraviy sayohati rejasiga asosan tashrif buyurdi. Bundan oldin u Fransiya va Italiyada bo‘ldi.
Izoh (0)