iPhone foydalanuvchilari Facebook dasturi juda ko‘p elektr energiyasini sarf qilishidan shikoyat qilmoqda. Hatto, u yopilgan, fondan ham o‘chirib qo‘yilgan bo‘lsa-da, bu holat davom etadi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
iOS ishlab chiquvchilaridan biri Mett Gelligan Facebook‘dagi sahifasida “Uyga” (Home) tugmasini bosish orqali dastur tegishlicha uyqu rejimiga o‘tmasligini yozdi.
Uning boshqa hamkasbi Jonatan Jiarski qayd etishicha, Facebook dasturida qurilma turgan joyni aniqlash funksiyasi yoqilgan bo‘ladi.
Yana bir iPhone foydalanuvchisi dasturning o‘zida joylashgan joyni aniqlash servisini o‘chirib qo‘yish, dasturning fonda yangilanib turishini o‘chirish hech qanday natija bermasligini, Facebook smartfon batareyasining 20 foizini sarflashda davom etishini ta’kidladi.
Foydalanuvchilardan yana biri taxmin qilishicha, bunga iOS’da VoIP-telefoniya dasturi, masalan, Skype dasturi uchun onlayn bo‘lib qolish imkonini beruvchi (fondagi yangilanma o‘chirib qo‘yilgan bo‘lsa ham) fon jarayoni sabab bo‘ladi.
Facebook vakillari esa, o‘z navbatida, muammo haqida bilishi va uni bartaraf etish ustida ishlayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)