LG G4 smartfoni egalari birinchi bo‘lib operatsion tizimni Android 6.0 Marshmallow versiyasigacha yangilashi mumkin bo‘ladi, deya xabar bermoqda LG. Polshadagi LG G4 foydalanuvchilari kelasi haftadayoq yangilanmani ola boshlaydi, shundan so‘ng u Yevropa, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerikada paydo bo‘ladi.
Android operatsion tizimining yangi versiyasi undan foydalanish jarayonini yaxshilashga qaratilgan qator imkoniyatlarga ega, chunonchi:
- dasturni nafaqat o‘rnatish vaqtida, balki qolgan boshqa paytlarda ham dasturning axborotni qo‘lga kiritishi ustidan nazorat kuchaytirildi;
- ovozsiz rejim, vibratsiya rejimi, shuningdek, har qanday ovozlarni o‘chiradigan yoki, foydalanuvchi tanloviga ko‘ra, faqat budilnik va bildirishnomalarni yoniq qoldiruvchi “Bezovta qilmang” rejimi paydo bo‘ldi;
- smartfon ishlatilmayotgan paytda ma’lum bir dasturlarning fonda ishlashini o‘chiradigan uyqu rejimi paydo bo‘ldi, u batareyaning ishlash davomiyligini ancha oshiradi.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)