Yevropa Ittifoqi 18-oktabr, yakshanba kuni Eron Islom respublikasidan barcha sanksiyalarni olib tashlashga qaratilgan zarur protsessual choralarni qabul qildi. Bu haqda “Interfaks” Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini ma’lumotiga tayanib xabar berdi.
Shu bilan bir paytda, uning so‘zlariga qaraganda, Eron yadro dasturi kelishuvi doirasida zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmaguncha, ushbu chora amalga oshirilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti Barak Obama 18-oktabr kuni Eron yadro dasturi yuzasidan erishilgan kelishuvga muvofiq unga nisbatan qo‘llanilgan Amerika sanksiyalarini olib tashlash uchun barcha zaruriy qo‘shimcha chora-tadbirlarni qabul qilish haqida topshiriq berdi.
Izoh (0)